Skip to content

Topsavdo qo'llanma ​

Topsavdo — O'zbekistondagi do'konlar uchun kassa, ombor, mijoz qarzi va hisobot tizimi. Bu sahifada eng ko'p beriladigan savollarga javob bor.

Eng ko'p so'raladigan ​

SavolJavob
Smenani qanday yopaman?Smenani yopish va Z-hisobot
Kassadagi pul mos kelmadiKamomad va ortiqcha
Mijozga qarzga qanday sotaman?Qarzga sotish
Xato chek chiqardimXatoni bekor qilish
Tovar qabul qildim, qanday kiritaman?Tovar qabul qilish
Qoldiq noto'g'ri ko'rsatyaptiInventarizatsiya
Internet yo'q — ishlay olamanmi?Internetsiz ishlash
To'ladim, lekin obuna uzaymadiTo'lov va obuna
Printer chop etmayaptiChek printeri

Topsavdo nima qila oladi ​

Kassa va sotuv. Shtrix-kod skaneri bilan tez sotuv, chegirma va narx o'zgartirish, qarzga sotish, tovarni qaytarish, smena ochish/yopish va Z-hisobot. Kassa dasturi internetsiz ham sotadi — internet qaytganda ma'lumot o'zi serverga yuboriladi (smenani ochish va yopish esa faqat internet bilan: Internetsiz ishlash).

Ombor. Mahsulot kartochkasi, tovar qabul qilish (kirim), qoldiq nazorati, inventarizatsiya, yaroqsiz tovarni hisobdan chiqarish, filiallar orasida ko'chirish. Qoldiq partiyalar bo'yicha yuritiladi — ya'ni har tovarning tannarxi qaysi partiyadan kelgani bo'yicha aniq hisoblanadi.

Mijoz va qarz. Mijozlar bazasi, qarz (nasiya) hisobi, qarzni qabul qilish, qarzdorlar ro'yxati, sodiqlik dasturi va keshbek. Do'konning o'z Telegram boti orqali mijoz qarzini o'zi ko'radi va yangiliklaringizni oladi.

Hisobot. Kunlik savdo, sof foyda, pul oqimi, ombor holati, filiallarni solishtirish. Rahbar telefonidan ham ko'ra oladi.

Qurilmalar. Termik chek printeri, stiker (narx yorlig'i) printeri, elektron tarozi (PLU), shtrix-kod skaneri.

Qaysi ilovadan foydalanaman ​

Topsavdo bir nechta ilovadan iborat — qaysi biri kerakligi vazifaga bog'liq:

IlovaManzilNima uchun
Sayt (veb-kabinet)my.topsavdo.uzOmbor, hisobot, mijozlar, sozlamalar
Kassa dasturi (kompyuter)Yuklab olinadiKassada sotuv — internetsiz ham ishlaydi
Mobil ilovam.topsavdo.uz yoki APKTelefondan sotuv, ombor, hisobot — o'rnatishsiz ham
Ochiq bozorshop.topsavdo.uzUlgurji xarid va sotuv (B2B)

Batafsil: Qaysi ilovani ishlataman?

Yordam kerakmi ​

Bu qo'llanmada javob topilmasa — Telegram orqali murojaat qiling: @topsavdo_call.

Narxlar va tariflar: topsavdo.uz.