Skip to content

ABC tahlil — qaysi tovar sekin sotilyapti? ​

Qisqacha javob: my.topsavdo.uz → menyuda Hisobotlar → Sotuv → Mahsulotlar bo'limi. Tanlangan davrdagi hamma tovar tushum bo'yicha kattadan kichikka tiziladi va uch guruhga bo'linadi: A, B va C. C guruhini tanlasangiz, eng ko'p pul band bo'lgan tovarlar tepada turadi.

Guruhlar qanday bo'linadi ​

GuruhQaysi tovarlar
ADavr tushumining birinchi 80 % ini beradigan tovarlar — eng ko'p pul keltiradiganlar
BKeyingi 15 %
CQolgan 5 % — oz-oz sotilayotgan tovarlar

Odatda A da tovarlar kam, C da esa ko'p bo'ladi. Chegaralar (80 / 15 / 5) hamma do'kon uchun bir xil, sozlamada o'zgarmaydi.

Davr ichida sotilmagan, lekin omborda qoldig'i bor tovarlar ham C guruhiga kiradi — ro'yxatning oxirida, xira rangda turadi. Davrdan keyin kelgan tovar (masalan sentyabr tanlanganda oktyabrda kelgani) bu yerga tushmaydi. Arxivlangan tovar faqat davr ichida sotilgan bo'lsa ko'rinadi.

Kartalar ​

Jadval ustida to'rtta karta turadi: Hammasi, A, B, C. Hammasi kartasida faqat tovarlar soni («165 ta mahsulot»); A, B va C kartalarida tovarlar soni va tushumdagi ulushi («tushumning 82,64 %») yoziladi. C kartasida yana qoldiqda qancha pul turgani ham ko'rinadi. Kartani bossangiz jadvalda faqat o'sha guruh qoladi.

Ustunlar ​

UstunMa'nosi
SotildiDavr ichida sotilgan miqdor, o'z birligida («9 ta», «2,4 kg»); qaytarilgani ayirilgan
TushumDavr ichidagi sof tushum
UlushTovarning davr umumiy tushumidagi qismi
QoldiqBugungi qoldiq (davr oxiridagi emas)
Qoldiqdagi pulBugungi qoldiq kelish narxi bo'yicha
Zararsiz chegirmaSotuv narxini shu foizgacha tushirsangiz ham zarar qilmaysiz
Oxirgi sotuvTovar oxirgi marta qachon sotilgani — tanlangan davrdan qat'i nazar

Zararsiz chegirma qoldiqdagi tovarning o'rtacha kelish narxidan hisoblanadi: butun qoldiq shu narxda sotilsa, jami zarar bo'lmaydi. Masalan narx 10 000 so'm, o'rtacha kelish narxi 8 000 so'm bo'lsa — «20 % gacha». Ustunda:

  • «yo'q» — sotuv narxi allaqachon kelish narxidan past yoki teng, yoki undan 1 % dan kam baland (foiz har doim pastga yaxlitlanadi: 0,6 % → 0 %, ya'ni chegirmaga joy yo'q);
  • «—» — sotuv narxi yoki kelish narxi kiritilmagan (yoki 0).

Oxirgi sotuv ustunida «sotilmagan» faqat tovar umuman hech qachon sotilmagan bo'lsa yoziladi. Aks holda necha kun oldin sotilgani ko'rinadi — bu sana davrdan oldin ham, keyin ham bo'lishi mumkin: o'tgan oyni tanlasangiz, shu oyda sotilmagan tovarda «3 kun oldin» turishi mumkin («Sotildi» ustunida esa 0 bo'ladi).

Tartib ​

  • Hammasi, A, B — tushum bo'yicha, kattasidan. Hammasi ro'yxatining oxirida davrda sotilmaganlar turadi — qoldiqdagi pul bo'yicha, kattasidan.
  • C — qoldiqdagi pul bo'yicha, kattasidan: avval davrda oz bo'lsa ham sotilganlar, keyin davrda sotilmaganlar.

Kim ko'radi ​

Bo'limni do'kon egasi va «Hisobotlar bo'limini ochish» ruxsati berilgan xodim ko'radi. Qoldiqdagi pul va Zararsiz chegirma ustunlari (va C kartasidagi pul) faqat egasiga va «Tannarx va foydani ko'rish» ruxsati berilgan xodimga chiqadi. Bu ruxsat bo'lmasa tartib ham boshqacha (pul bo'yicha tartib orqali ham tannarx bilinmasin):

  • C guruhida davrda sotilganlar — tushum bo'yicha, eng kam sotilganidan boshlab;
  • davrda sotilmaganlar (C oxirida, Hammasi ro'yxatining ham oxirida) — eng uzoq sotilmaganidan boshlab: avval hech qachon sotilmaganlar, keyin oxirgi sotuvi eng eski bo'lganlar.

Excel yoki PDF ga yuklab olish ​

Jadval ustidagi «Yuklab olish» tugmasi tanlangan guruhni (masalan faqat C) Excel yoki PDF faylga chiqaradi — ekrandagi tartibda, hamma qatori bilan (ekrandagi «Yana 100 ta» chegarasisiz). Bu bo'limdagi yagona fayl tugmasi shu.

Faylda ekrandagidan farqlar:

  • sarlavhada davr va guruh yoziladi: «Tanlangan shart: Davr: 01.10.2026 – 31.10.2026 · Guruh: C» («Hammasi» tanlansa — faqat davr);
  • guruh alohida «Guruh» ustunida (A, B, C), miqdor birligi alohida «Birlik» ustunida (dona, kg, litr, metr) — «Sotildi» va «Qoldiq» ustunlarida faqat son turadi, Excel'da jamlash mumkin;
  • «Zararsiz chegirma» — son (foiz): 0 yoki manfiy son = ekrandagi «yo'q» (manfiy — narx allaqachon kelish narxidan past), bo'sh katak = ekrandagi «—»;
  • «Oxirgi sotuv» — sana; bo'sh katak = hech qachon sotilmagan.

«Qoldiqdagi pul» va «Zararsiz chegirma» ustunlari faylda ham faqat «Tannarx va foydani ko'rish» ruxsati bor odamga (va egasiga) chiqadi — fayl serverda yasaladi va ruxsat u yerda qayta tekshiriladi. «Tushum» ustuni esa hammaga chiqadi.