Skip to content

Ombor ishi — umumiy tartib

Qisqacha javob: Tovar avval mahsulot kartochkasi sifatida yaratiladi → keyin kirim orqali omborga kiradi → sotilganda qoldiq kamayadi → vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya qilib tekshiriladi.

Qoldiq qanday o'zgaradi

AmalQoldiqqa ta'siri
Tovar qabul qilishOshadi
SotuvKamayadi
Tovarni qaytarishOshadi
Hisobdan chiqarishKamayadi
Filialga ko'chirishBir filialda kamayadi, ikkinchisida oshadi
InventarizatsiyaSanalgan miqdorga tenglashadi

Hech bir o'zgarish izsiz qolmaydi. Odatda qoldiq yuqoridagi amallar orqali o'zgaradi. Bundan tashqari Mahsulotlar jadvalidan qoldiqni qo'lda ham to'g'rilash mumkin (Zaxirani o'zgartirish ruxsati bilan) — lekin u ham sababi bilan yoziladi va tovarning harakat tarixiga tushadi. Shu sabab har doim «tovar qayoqqa ketdi» degan savolga javob bor.

Tannarx qanday hisoblanadi

Tovar turli narxda kelishi mumkin. Topsavdo har partiyani alohida saqlaydi va sotilganda avval kelgani avval ketadi tartibida hisoblaydi.

Misol: 10 dona 5 000 so'mdan, keyin 10 dona 6 000 so'mdan keldi. 15 dona sotilsa — 10 tasi 5 000 dan, 5 tasi 6 000 dan hisoblanadi. Foyda shunga qarab aniq chiqadi.

Bo'limlar