Skip to content

Topsavdo nima?

Qisqacha javob: Topsavdo — O'zbekistondagi do'konlar uchun kassa, ombor, mijoz qarzi va hisobot tizimi. Kassa dasturi internetsiz ham ishlaydi.

Kimga mos keladi

  • Oziq-ovqat va aralash mahsulot do'konlari;
  • Qurilish mollari, xo'jalik tovarlari;
  • Kiyim-kechak, poyabzal;
  • Ulgurji savdo va omborlar;
  • Bir nechta filiali bor tarmoqlar.

Tarozida tortiladigan tovarlar, donalab va bo'laklab sotish, qarz (nasiya) savdosi — hammasi qo'llab-quvvatlanadi.

Nima muammoni hal qiladi

MuammoTopsavdoda
Daftardagi qarzlar chalkashHar mijozning qarzi va tarixi aniq
Qoldiq noma'lumReal vaqtda qoldiq, inventarizatsiya
Foyda taxminiyPartiyalar bo'yicha aniq tannarx va foyda
Kassir nazoratsizSmena, kamomad nazorati, cheklangan huquqlar
Internet uzilsa savdo to'xtaydiKassa dasturi offline ishlaydi
Do'konda bo'lmasa nazorat yo'qTelefondan kuzatish, Telegram xabarnomalari

Qanday boshlanadi

  1. Ro'yxatdan o'tish va birinchi kirish
  2. Do'konni sozlash
  3. Qaysi ilovani ishlataman?
  4. Xodim qo'shish va huquqlar
  5. Kassa ishi — umumiy tartib

Allaqachon ishlab turgan do'kon bo'lsa — qoldiq va qarzlarni ko'chirish kerak: Ishlayotgan do'konni ko'chirish.

Narxi qancha

Tariflar va narxlar topsavdo.uz sahifasida. Sinov muddati bepul.