Skip to content

Qanday ro'yxatdan o'taman? ​

Qisqacha javob: topsavdo.uz saytida so'rov qoldiring — siz bilan bog'lanib, do'koningizni sozlab berishadi va login/parol beriladi.

Birinchi kirish ​

  1. my.topsavdo.uz manzilini oching.
  2. Login va parolni kiriting.
  3. Bir nechta filial bo'lsa — qaysi biri bilan ishlashni tanlang.

Kassa dasturiga ham shu login va parol bilan kiriladi.

Sinov muddati ​

Topsavdoni sotib olishdan oldin bepul sinab ko'rish mumkin. Sinov davrida barcha imkoniyatlar ochiq bo'ladi.

Parolni unutdim ​

  • Xodim bo'lsangiz — parolingizni do'kon rahbari ham o'zgartira olmaydi, hozircha uni tiklashning yo'li yo'q. Rahbaringiz sizga yangi login bilan yangi hisob ochadi (Xodim parolini unutdi);
  • Rahbar bo'lsangiz — @topsavdo_call ga yozing.

Kira olmayapman ​

Ekrandagi xabarni o'qing — u sababni aniq aytadi.

Ekrandagi xabarNima bo'lgan
Foydalanuvchi nomi yoki parol noto'g'ri.Login yoki parol xato, yoki bunday login umuman yo'q. Katta-kichik harfni va klaviatura tilini tekshiring
Bu hisob o'chirilgan. Do'kon egasiga murojaat qiling.Parol to'g'ri, lekin hisobning o'zi o'chirilgan. Rahbar uni qaytadan yoqishi kerak
Hisobingiz do'kondan olib tashlangan. Do'kon egasiga murojaat qiling.Xodim do'kon ro'yxatidan chiqarilgan. Sotuvlari va tarixi saqlanadi; rahbar uni qaytadan qo'shsa, kirish tiklanadi (Xodim qo'shish va huquqlar)

Nega ba'zan sabab aytilmaydi

Sabab faqat parolni to'g'ri yozganingizda ko'rsatiladi. Parol noto'g'ri bo'lsa — hisob o'chirilgan bo'lsa ham — hamisha umumiy «Foydalanuvchi nomi yoki parol noto'g'ri.» chiqadi. Bu ataylab shunday: begona odam login terib ko'rib, kimning hisobi borligini bilib olmasin.

Dastur ichida ishlab turganingizda hisobingiz do'kondan chiqarilsa, ekranda «Hisobingiz do'kondan olib tashlangan» yozuvi va Chiqish tugmasi chiqadi — cheksiz aylanuvchi belgi emas.

Boshqa holatlar:

  • Kirish sahifasining tepasida «Siz bu qurilmadan chiqarildingiz yoki kirish muddati tugadi. Qaytadan kiring.» yozuvi turibdi — bu xato emas: kirishingiz boshqa qurilmadan yopilgan (parol o'zgartirilgan, «Kirilgan qurilmalar» dan chiqarilgan) yoki qurilma 7 kundan ortiq ishlatilmagan. Login va parol bilan qayta kiring (batafsil);
  • Obuna muddati tugagan — kirish ishlayveradi, lekin yangi yozuv kiritib bo'lmaydi (Tarif va obuna);
  • Sahifa ochilmayapti — internetni tekshiring, sahifani yangilang (Ctrl+F5).

Batafsil: Tez-tez uchraydigan muammolar.

Keyingi qadam ​