Skip to content

Qurilmalarni ulash ​

Topsavdo do'konda ishlatiladigan asosiy qurilmalar bilan ishlaydi.

QurilmaNima uchunSahifa
Chek printeriXarid cheki, Z-hisobotUlash
Stiker printeriNarx yorlig'i, shtrix-kodUlash
Elektron taroziTortiladigan tovarlarUlash
Shtrix-kod skaneriTez sotuvUlash
Mijoz ekraniMijoz savat va qaytimni o'z ekranida ko'radiUlash

Umumiy maslahatlar ​

Kassa dasturidan foydalaning. Qurilmalar bilan to'liq ishlash uchun kompyuterga o'rnatiladigan kassa dasturi kerak.

Saytdan nima chiqadi, nima chiqmaydi — bu ikkisi aralashib ketmasin:

  • Narx stikeri saytdan bemalol chiqadi. Brauzerning odatdagi chop etish oynasi ochiladi, printerning kompyuterdagi oddiy drayveri yetarli — alohida sozlash shart emas (Stiker printeri);
  • Chek saytdan chiqmaydi. Chek server orqali yuboriladi, server esa do'konning ichki tarmog'idagi printerga chiqolmaydi — chek uchun kassa dasturi kerak (Chek printeri).

USB ulanish eng ishonchli. Tarmoq orqali ishlaydigan printerlar ham qo'llab-quvvatlanadi, lekin USB sozlash osonroq.

Sinov chop etishni unutmang. Har bir qurilmani ulagandan keyin sozlamalarda sinov chiqaring — ish vaqtida emas, oldindan tekshirilsin.

Qurilma ishlamayapti ​

Har qanday qurilma bilan muammo bo'lganda tartib bir xil:

  1. Qurilma yoqilganmi, chirog'i yonyaptimi;
  2. Kabel ulanganmi (USB'ni sug'urib qayta uling);
  3. Sozlamalarda to'g'ri qurilma tanlanganmi;
  4. Kompyuterni qayta yuklab ko'ring;
  5. Boshqa USB portga ulang.

Batafsil: Tez-tez uchraydigan muammolar.