Tungi rejim
Chegirmani qanday beraman?
Qisqacha javob: Butun chek uchun — to'lov oynasida (Sotish, F5) F2 tugmasi bilan chegirma maydoniga o'ting va summa yoki foizni kiriting. Bitta tovar uchun — savatdagi tovar nomini (jadval ko'rinishida — qatorni) bosing: oynadagi «Chegirma» qatoriga so'm yoki foiz yozing (masalan foiz katagiga 10 — 10 %), yoki «Jami» ga kelishilgan summani yozing. Dona narxini tushirsangiz ham — bu o'sha chegirma. Narxni oshirsangiz — bu chegirma emas, ustama.
Chegirmani qo'lda bermaslik ham mumkin
Aksiya paytida narxni har safar qo'lda tushirish shart emas. Do'kon egasi aksiya e'lon qilsa, kassada narx o'zi tushadi va qatorda sababi ko'rinadi — sotuvchi hech narsa qilmaydi.
Bu sahifa esa qo'lda beriladigan chegirma haqida.
Chegirma faqat kassada emas
Bu sahifa kassa ekranidan boshlanadi, lekin chegirma buyurtmada ham bor: xodim mijoz nomiga buyurtma yozayotganda umumiy chegirma qo'yishi mumkin va u buyurtma sotuvga aylanganda o'zgarishsiz o'tadi. Maydon saytda, kassa dasturida va telefondagi ilovada (m.topsavdo.uz) bir xil: buyurtmaning oxirgi qadamida «%» yoki «So'm» ni tanlab qiymatni yozasiz, mahsulotlar summasi, chegirma va jami summa darhol o'zgaradi. Saytda bu maydon sahifa pastiga yopishgan panelda, Jami va Buyurtma yaratish tugmasi yonida turadi (Saytda buyurtma olish).
Ruxsat bitta — Xodimlar formasidagi «Chegirma berish huquqi» katakchasi ikkala joyni ham ochadi. Ya'ni kassada chegirma bera olmaydigan xodim buyurtmada ham bera olmaydi, va aksincha. Alohida sozlash yo'q, chalkashish uchun joy ham yo'q. Huquqi yo'q xodimda chegirma maydoni umuman chiqmaydi; u chegirmali buyurtmani ochsa, chegirma summasi ko'rinib turadi, lekin bunday buyurtmani saqlash uchun ham chegirma huquqi kerak.
Buyurtmadagi chegirma kassadagi bilan bir xil qoida bo'yicha ishlaydi: foizda yoki so'mda, satrlar yig'indisining ustiga tushadi, satr narxlari tegilmaydi.
Chegirmaning ikki turi
| Qaysi | Nima o'zgaradi | Qayerda beriladi |
|---|---|---|
| 1. Chek chegirmasi | Butun chek summasi (foiz yoki so'm) | To'lov oynasi, F2 |
| 2. Tovar chegirmasi | Bitta qatorning summasi: 10 500 → 9 500 | Savatdagi tovar nomi (jadvalda — qator) → «Chegirma» (so'm yoki %), «Jami» yoki «Narxi» |
1. Butun chekka chegirma. Umumiy summadan chegirma beriladi. Kassa dasturida maydon to'lov oynasida turadi va oyna ochiq turganda F2 tugmasi shu maydonga olib boradi. Chegirma berish huquqi bo'lmasa maydon qulflangan («Ruxsat yo'q») va F2 bosilganda «Sizda chegirma berish huquqi yo'q» degan xabar chiqadi.
2. Bitta tovarga chegirma. Savatdagi tovar nomini bosing (jadval ko'rinishida — qatorning istalgan joyini; ikki ko'rinish) — ochilgan oynada uch qator bir-biriga bog'langan:
- «Narxi» — 1 dona narxi (kg li tovarda 1 kg narxi);
- «Chegirma» — so'mda va foizda (ikkalasi yonma-yon);
- «Jami» — qator uchun to'lanadigan summa.
Qaysi birini yozsangiz, qolgan ikkitasi o'zi hisoblanadi. Chegirma doim asl narxdan — kartochkadagi narx × miqdor — hisoblanadi. Misol: 120 000 so'mlik tovardan 48 dona (asl jami 5 760 000 so'm):
| Nima qildingiz | Narxi | Chegirma | Jami |
|---|---|---|---|
«Narxi» ga 100 000 | 100 000 | 960 000 so'm · 16,67 % | 4 800 000 |
so'ng chegirma foiziga 10 | 120 000 | 576 000 so'm · 10 % | 5 184 000 |
so'ng «Jami» ga 4 500 000 | 120 000 | 1 260 000 so'm · 21,88 % | 4 500 000 |
so'ng «Narxi» ga 130 000 | 130 000 | «Ustama +480 000» | 6 240 000 |
Foiz ham chegirmani asl jamidan qo'yadi — oldin dona narxini o'zgartirgan bo'lsangiz ham. Tayyor foiz tugmalari va «Asl narx» tugmasi yo'q: kerakli foizni katakka o'zingiz yozasiz. Asl narxga qaytish — chegirmaga 0 yozing yoki «Narxi» ga asl narxni yozing: chegirma ham, ustama ham bekor bo'ladi (ustamada chegirma maydoni turmaydi — faqat narxni yozasiz). Qatorlar ostida chek bilan bir xil hisob turadi: «48 dona × 120 000 = 5 760 000 · Chegirma −960 000» (asl narxda). Narx asl narxdan yuqori bo'lsa chegirma maydonlari o'rnida «Ustama +480 000» yoziladi — bu chegirma emas. Batafsil: Savatdagi tovar nomini bossam nima chiqadi?
Savatga nima yoziladi (chekni tushunish uchun foydali):
- «Narxi» ni yozsangiz — qatorga yangi narx yoziladi;
- «Chegirma» (so'm yoki foiz) yoki «Jami» ni yozsangiz — dona narxi asl narxda qoladi, chegirma esa qatorning jamidan ayiriladi. Shuning uchun 7 ta tort × 1 500 = 10 500, «10 000 bering» desa — «Jami» ga
10 000yozing: jami aniq 10 000 bo'ladi, dona narxi 1 428,57 bo'lib qolmaydi.
Saqlash dan keyin oddiy ro'yxatda savat qatori ostida bitta izoh turadi: «Chegirma: −500 so'm (7 × 1 500 = 10 500)», qator jami — 10 000. Jadvalda shu chegirma Chegirma ustunida −500, Summa — 10 000. Narxni tushirib bergan chegirma ham shu ko'rinishda: 7 × 1 400 (asl 1 500) bo'lsa «Chegirma: −700 so'm (7 × 1 500 = 10 500)» (jadvalda −700). Jadval ko'rinishida pastdagi Chegirmalar — qatorlardagi va butun chekka berilgan chegirma birga.
Oddiy ro'yxatda qatordagi summaga bosib ochiladigan narx maydoni ham avvalgidek ishlaydi.
Qoidalar:
- Kim bera oladi — narxni o'zgartira oladigan xodim (Xodimlar formasidagi «Sotuvda narxni o'zgartirish» ruxsati; egasi va administrator — doim). Chek chegirmasi huquqi bu yerda ahamiyatsiz. Ruxsati yo'q kassirda narx, chegirma va jami maydonlari chiqmaydi — qatorda chegirma bo'lsa, oynada faqat ko'rinadi («narxni o'zgartirish ruxsati yo'q»).
- «Jami» 0 dan katta bo'lishi kerak va asl jamidan oshmasin — qimmatroq sotish kerak bo'lsa (ustama) «Narxi» ni o'zgartiring. Xato bo'lsa oyna sababini qizilda yozadi va Saqlash bosilmaydi.
- Aksiyadagi tovarda chegirma aksiya narxidan boshlanadi: aksiya 15 % bersa, oyna «Chegirma −3 600 so'm» ni allaqachon ko'rsatadi; undan ko'p chegirma berish mumkin, kam — yo'q (dona narxini yozing).
- Tannarx chegarasi dona narxidagidek: «Tannarxdan past sotish» ruxsati bo'lmasa, chegirmadan keyingi summa tannarx × miqdor dan kam bo'lmaydi (polga teng — mumkin). Xabar tannarx raqamini aytmaydi. Ruxsati borga oyna faqat ogohlantiradi: «Chegirma bilan 1 dona = 900 so'm · Tan narxdan arzon sotilmoqda!».
- Miqdor o'zgarsa so'mdagi chegirma olib tashlanadi. Chegirma aniq bir summaga kelishilgan: 7 ta uchun 500 so'm. Savat qatorida yana bitta tort qo'shsangiz (skaner bilan ham) yoki narxni o'zgartirsangiz, chegirma o'chadi va ekranda «Chegirma olib tashlandi — miqdor yoki narx o'zgardi» degan xabar chiqadi — kerak bo'lsa qayta bering. Dona narxini tushirib bergan chegirma esa narxda qoladi. Oynada miqdorni o'zgartirsangiz — oxirgi yozgan maydoningiz saqlanadi (foiz — foiz, so'm — so'm), qolganlari qayta hisoblanadi; oynani ochib faqat miqdorni o'zgartirsangiz, avvalgi so'mdagi chegirma tushadi va oyna buni yozib qo'yadi.
- Chek chegirmasi undan keyin hisoblanadi: chekka 10% berilsa, u tovar chegirmasidan keyingi summadan olinadi (10 000 ning 10% — 1 000).
- Telefondagi kassada bitta tovarga chegirma faqat dona narxini tushirib beriladi; so'mda yoki «Jami» orqali — kassa dasturida. Kassa dasturida berilgan chegirma telefondagi sotuv sahifasida ko'rinadi.
Chekda va A4 hujjatda qanday chiqadi
Umumiy chegirma chekda ham, sotuvning A4 hujjatida ham (sotuv sahifasidagi «Yuklab olish» → PDF yoki Excel) bir xil tartibda va bir xil summada chiqadi:
- tovarlar yig'indisi — chekda «Oraliq jami», hujjatda «Mahsulotlar summasi» (jadvaldagi satrlar yig'indisi);
- «Chegirma» — foizli bo'lsa foiz yorliqda turadi («Chegirma (10%)»), summa esa so'mda;
- bo'lib to'lash bo'lsa — «Ustama»;
- sotuvdan tovar qaytarilgan bo'lsa — «Qaytarilgan» (qayta chop etilgan chekda ham, hujjatda ham; batafsil: Tovarni qaytarish);
- jami.
Bitta tovarga berilgan chegirma tovarlar yig'indisining ichida. Chekda u tovar ostida bitta ko'rinishda chiqadi — narx tushirilgan bo'lsa ham, satr jamidan chegirma qilingan bo'lsa ham: avval asl narx va asl jami, keyin chegirma, keyin qatorning yakuniy summasi:
1. Tort
7 x 1 500 10 500
Chegirma: -1 000
Qator jami: 9 500- Narx oshirilgan (ustama) bo'lsa chekda haqiqiy narx turadi («7 x 1 700 11 900»), chegirma qatori yo'q.
- Chegirmasiz tovar — odatdagidek bitta qator.
- Do'kon chek sozlamasida «Chegirmani ko'rsatish» o'chiq bo'lsa, faqat narxi tushirilgan tovar qisqa chiqadi — haqiqiy narxda («7 x 1 400 9 800»), asl narxsiz. Chegirma «Jami» yoki «Chegirma» maydonidan berilgan bo'lsa uch qator baribir chiqadi — usiz chekdagi hisob (7 x 1 500 = 10 500, jami esa 9 500) mos kelmay qolardi.
- Blok bilan sotilgan qatorda bloklar o'z narxida yoziladi, chegirma (so'mda berilgan bo'lsa) alohida «Chegirma:» qatorida.
Sotuvning A4 hujjatida so'mdagi chegirmasi bor sotuvda «Chegirma» ustuni paydo bo'ladi (chegirmasiz sotuvda ustun yo'q). Saytdagi, kassa dasturidagi va telefondagi sotuv sahifasida qator ostida chekdagidek «7 dona × 1 500 − 1 000 chegirma = 9 500» yoziladi.
Tovar chegirmasi «Foyda va zarar» hisobotidagi «Chegirmalar» qatoriga kirmaydi — u chek chegirmasi emas, tovar summasining ichida. Har bir holat kassir nomi bilan narxlar tarixi dagi «Sotuvdagi chetlanishlar» ro'yxatida ko'rinadi.
Blok bilan sotiladigan tovarda
Blok (paket, quti) narxi belgilangan tovarda ikkita narx maydoni turadi: chapda bitta dona, o'ngda bitta blok narxi (qator oynasining «Narxi» qatorida; oddiy ro'yxatda — qatordagi narx maydonida ham).
- Dona narxini yozsangiz blok narxi ham o'sha narxdan qayta hisoblanadi (dona narxi × blokdagi dona soni). Ya'ni 6 talik blokdan 6 ta olingan qatorda narxni o'zgartirsangiz — jami o'zgaradi.
- Blok narxini yozsangiz («1 blok = 42 000») dona narxi joyida qoladi: to'liq bloklar siz aytgan narxda, qoldiq dona esa o'z narxida ketadi. Teskari hisoblash — «42 000 ni 6 ga bo'lsam qancha bo'ladi» — shart emas.
Blokli tovar kilogrammda (litrda, metrda) o'lchansa, kassa ekranida ham birlik tovarniki: oddiy ro'yxatda savat qatori ostida «Blok: 2 × 34 000 so'm = 68 000 so'm · 0,2 kg × 15 000 so'm = 3 000 so'm · Jami 71 000 so'm», jadvalda Miqdor ustunida «2 blok + 0,2 kg» (to'liq hisob — sichqonchani ustiga olib borganda) va qator oynasida «5 kg: 2 blok × 34 000 + 0,2 kg × 15 000 = 71 000», mahsulot kartasida «2 blok + 0,2 kg», «Jami: 5 kg» va «Blok: 34 000 so'm · 2,4 kg». Donali tovarda xuddi shu joylarda «dona» turadi. Chekda ham aynan shunday yoziladi, faqat kasr hozircha nuqta bilan (2 blok (2.4 kg) x 3 400 000, ostida 0.2 kg x 1 500 000).
Kassada ham, buyurtmada ham bir xil. Chekda va buyurtma qog'ozida qatorning taqsimoti ko'rinadi: nechta blok, qanday narxda va qoldiq dona qancha.
Telefonda (m.topsavdo.uz)
Telefondagi kassada savat qatorining pastida, miqdor tugmasi yonida «Narx» tugmasi turadi (qator summasiga bossangiz ham bo'ladi) — «Satr narxi» oynasi ochiladi. Narxni arzonlashtirsangiz — chegirma, qimmatlashtirsangiz — ustama; asl narx sotuvda saqlanadi. Blok narxi belgilangan tovarda oynada ikkita maydon bor: «1 dona narxi» va «1 blok (6 dona) narxi». Qoida kassa dasturidagi bilan bir xil:
- blok maydoniga yozsangiz («42 000») dona narxi o'zgarmaydi — to'liq bloklar siz yozgan narxda, qoldiq dona o'z narxida ketadi;
- dona narxini o'zgartirsangiz blok maydoni undan qayta hisoblanadi (6 × dona narxi) — oldin yozilgan blok narxi ham;
- «Katalog narxi» tugmasi ikkalasini ham kartochkadagi narxga qaytaradi.
Oynaning pastida «Satr jami» va chegirma yoki ustama summasi ko'rinadi. Blok narxini 6 ga bo'lganda bir dona tannarxdan arzon chiqsa, oyna «Blok narxida 1 dona = … Tan narxdan arzon!» deb ogohlantiradi (tannarx raqami faqat tannarxni ko'ra oladiganga yoziladi); «Tannarxdan past sotish» ruxsati bo'lmasa bunday narx saqlanmaydi.
Kim o'zgartira oladi — kassa dasturidagi bilan bir xil: «Sotuvda narxni o'zgartirish» ruxsati bor xodim (do'kon egasi va administrator — doim). Ruxsati yo'q kassirda «Narx» tugmasi umuman chiqmaydi va qator summasiga bosganda hech nima ochilmaydi.
Saqlangandan keyin savat qatori «1 blok x 42 000 so'm + 1 dona x 8 000 so'm» bo'lib yoziladi; savatda ham, to'lov qadamida ham qator ostida «Chegirmali narx (asl: 8 000 so'm)», «Ustama narx (asl: …)» yoki blok uchun «Ustama blok narxi (asl: 40 000 so'm)» / «Chegirmali blok narxi (asl: …)» turadi. Sotuv saqlangach, telefondagi sotuv sahifasida qator ostida saytdagi va kassa dasturidagi kabi «Asl narx: 8 000 so'm · chegirma» (qimmatlashtirilgan bo'lsa «· ustama») yoziladi.
Blok narxi faqat to'liq blokka tushadi. Qatorda hali bitta ham to'liq blok bo'lmasa (6 talik blokdan 5 ta olingan) yoki qatordagi «Blok narx» belgisi o'chiq bo'lsa, yozilgan blok narxi jamini o'zgartirmaydi. Oyna buni maydon ostida aytadi: «Satrda hali to'liq blok yo'q — satr jami o'zgarmaydi. Blok narxi miqdor 6 dona ga yetganda qo'llanadi.» Bunday qatorda savatda ham, to'lov qadamida ham «Ustama blok narxi» izohi chiqmaydi. Yozilgan narx esa saqlanib qoladi: miqdorni 6 taga yetkazsangiz, to'liq blok o'sha narxda hisoblanadi va izoh paydo bo'ladi.
Telefonda buyurtmaning oxirgi (ko'rib chiqish) qadamida ham satr xuddi shunday yoziladi: «2 blok x 3 500 000 so'm», qoldiq bo'lsa «+ 0,2 kg x 1 500 000 so'm». Bo'laklar o'ngdagi satr summasiga aynan qo'shiladi — kelishilgan narx va ulgurji narx turi ham hisobga olingan.
Telefonda buyurtma: narx, blok, dona va bo'lak
Telefondagi Yangi buyurtma satri telefondagi kassa savati kabi ishlaydi.
Birlikni tanlash. Ro'yxatda tovarni bossangiz buyurtmaga darrov hech narsa qo'shilmaydi — kassadagi miqdor oynasi ochiladi. Oddiy tovarda oynada 1 (1 dona, 1 kg) yozilgan turadi: shu miqdor kerak bo'lsa «Tayyor» ni bosasiz, boshqasi kerak bo'lsa sonni o'zgartirasiz. Bir necha birlikda sotiladigan tovarda (blokli, donada ham sotiladigan kiloli yoki bo'laklab sotiladigan donali tovar) oynada «Blok» soni va qoldiq kataklari, «Dona» va «Bo'lak» bor — keraklisini o'zingiz tanlaysiz. Har birlik buyurtmada alohida qator bo'ladi — masalan «Kolbasa — 2 kg» va «Kolbasa — 3 dona». Tanlangan tovarni yana bossangiz oyna o'sha miqdor bilan ochiladi — miqdorni o'zgartirasiz yoki 0 qilib olib tashlaysiz. Tovar buyurtmaga faqat «Tayyor» bilan tushadi: oynani yopsangiz (oynadan tashqariga yoki telefonning «orqaga» tugmasini bossangiz) hech narsa qo'shilmaydi va avvalgi miqdor o'zgarmaydi. Narxi qo'yilmagan tovarda oynaning asosiy qatorida «Narx yo'q» yoziladi va bu birlikda qo'shib bo'lmaydi — avval mahsulot kartochkasida narx qo'ying. Qator oxirida alohida tugma («−» / «+», blok tugmasi) yo'q — hammasi shu oynada. Tanlangan tovar yashil chegara bilan ajralib turadi, nomi ostida tanlangani yoziladi: «Tanlandi: 5 dona», dona yoki bo'lak narxi bor tovarda «Dona: 20 000 so'm · Tanlandi: 2 kg · 3 dona». Dona va bo'lak narxi mahsulot kartochkasidan olinadi; kerak bo'lsa uni qatorning o'zida o'zgartirasiz — kassadagidek (pastda).
Do'konda «Kelajakdagi tovarga buyurtma» o'chirilgan bo'lsa, bo'sh qoldig'i yo'q tovar ro'yxatda xiraroq turadi. Uni bossangiz ekran tepasida qisqa xabar chiqadi: «Omborda yetarli tovar yo'q — kelajakdagi tovarga buyurtma o'chirilgan» (har qator ostida bu yozuv endi turmaydi). Batafsil: Kelajakdagi tovarga buyurtma.
Narxni o'zgartirish. Oxirgi (ko'rib chiqish) qadamida, «Mahsulotlar» ro'yxatida qatorning o'zini bosing — kassadagi o'sha «Satr narxi» oynasi ochiladi (dona narxi va blokli tovarda «1 blok» narxi). O'ngdagi savat belgisi esa qatorni buyurtmadan o'chiradi, narx oynasini ochmaydi. Ruxsat ham o'sha: «Sotuvda narxni o'zgartirish» (egasi va administrator — doim); ruxsati yo'q xodimda qatorni bosish hech narsa qilmaydi. Dona va bo'lak qatorini ham bosasiz — oynada bitta maydon: «Bitta dona narxi» yoki «Bir bo'lak narxi» (batafsil). Ulgurji buyurtmada «Katalog narxi» — ulgurji narx, tannarx chegarasi ham shunga qarab tekshiriladi. Narx o'zgartirilgan qator ostida «Chegirmali narx (asl: 10 000 so'm)», «Ustama narx (asl: …)» yoki dona qatorida «Chegirmali dona narxi (asl: 20 000 so'm)» yoziladi — asl narx buyurtmada saqlanadi.
Buyurtma sotuvga aylanganda tanlangan birlik va narx o'zgarmay o'tadi: chekda «3 dona x 20 000 so'm», kelishilgan narxli qatorda asl narx va chegirma, qaytarish esa dona yoki bo'lak bo'yicha bo'ladi. Telefondagi buyurtma sahifasida ham qator o'z birligida yoziladi va ostida «Asl narx: 10 000 so'm · chegirma» turadi. Saytda yoki kassa dasturida yozilgan, narxi kelishilgan buyurtma bajarilganda ham asl narx sotuvga o'tadi.
Saqlangan buyurtmani qayta ochganda dona va bo'lak qatori saqlangan narxida qoladi — kartochkadagi dona narxi keyin o'zgargan bo'lsa ham. Kelishilgan dona narxi ham shunday: narxni o'zgartirish ruxsati yo'q xodim ham bunday buyurtmani saqlay oladi, faqat yangi narx yoza olmaydi. Kelishuv yozilgan son uchun: kartochkadan arzon kelishilgan qatorda dona yoki bo'lak sonini oshirish — yangi narx qarori, unga ham ruxsat kerak (kamaytirish mumkin). Oynadagi «Katalog narxi» kelishuvni bekor qilib, qatorni bugungi kartochka narxiga qaytaradi.
Dona yoki bo'lakli buyurtmani telefonda tahrirlang
Sayt va kassa dasturidagi buyurtma oynasi dona va bo'lak qatorini hali ko'rsatmaydi. Shunday buyurtmani u yerda tahrirlab saqlamoqchi bo'lsangiz «… buyurtmada dona yoki bo'lak bilan yozilgan. Bu buyurtmani telefondagi ilovada tahrirlang» degan xabar chiqadi — qator jimgina kilogramm narxiga aylanib ketmasligi uchun. Tasdiqlash, bajarish va bekor qilish hamma joyda odatdagidek ishlaydi.
Buyurtmada miqdor: blok soni va qoldiq dona
Buyurtma formasida (saytda ham, kassa dasturida ham) blokli tovarning miqdori xariddagi kabi ikki katakdan yoziladi — chapda blok soni, o'ngda qoldiq dona. Jami miqdor ikkisidan hisoblanadi: 2 blok va 3 dona — 6 talik tovarda 15 ta.
Kataklar o'z-o'zidan chiqmaydi, satr oddiy holatda ixcham turadi:
| Satrda nima turibdi | Qachon |
|---|---|
| Miqdor maydoni va «+ blok» tugmasi | blok hali yig'ilmagan |
| Blok soni va qoldiq dona kataklari | kamida bitta blok yig'ilgan |
- «+ blok» bosilganda avvalgidek bitta blok qo'shiladi va shu zahoti kataklar ochiladi; tugmaning o'zi ko'rinmay qoladi — endi uning ishini blok soni yonidagi «+» bajaradi.
- Blok soni 0 ga tushsa (katakka
0yozilsa yoki «−» bosilsa) satr yana ixcham holatga qaytadi va «+ blok» tugmasi qaytib chiqadi. Miqdor yo'qolmaydi: qoldiq butun miqdor bo'lib qoladi, ya'ni «2 blok + 3 dona» dan blok olib tashlansa satrda 3 dona qoladi. - Miqdorni to'g'ridan-to'g'ri yozsangiz ham bo'ladi: 6 talik tovarda
15yozilsa kataklar2va3bo'lib bo'linadi. - Saqlangan buyurtmani qayta ochganda kataklar darhol to'ldirilgan bo'ladi.
Blokli bo'lmagan tovarda ortiqcha katak chiqmaydi — u yerda faqat miqdor maydoni turadi.
Dona narxini keyin yozsangiz
Blok narxini yozib, keyin dona narxini o'zgartirsangiz — blok narxi yangi dona narxidan qayta hisoblanadi. Ikkalasi ham kerak bo'lsa: avval dona narxini, keyin blok narxini yozing.
Tannarx chegarasi blok narxiga ham tegishli: bitta dona narxi (blok narxi ÷ blokdagi dona soni) tannarxdan past bo'lsa, «Tannarxdan past sotish» ruxsatisiz qabul qilinmaydi.
Bu mahsulot kartochkasidagi blok narxiga ham tegishli. Masalan kartochkada 6 talik blok 60 000 deb yozilgan (donasi 10 000), tannarx esa 30 506 — ko'pincha blok katagiga bitta donaning narxi yozib qo'yilgan bo'ladi. «Tannarxdan past sotish» ruxsati yo'q kassir bu tovarni blok bilan sota olmaydi: kassa «blok narxi juda past — kartochkadagi narx tannarxdan arzon chiqyapti» deydi, tannarx raqamini aytmaydi. Kartochkani rahbar tuzatadi (Blok, dona va bo'lak narxini tekshirish). Kiloli tovarning dona narxi (1 kg ga hisoblab) va donali tovarning bo'lak narxi (1 donaga hisoblab) ham xuddi shunday tekshiriladi.
- Chegara dona narxinikining o'zi: tannarx; kartochkadagi dona narxi undan ham past bo'lsa (aksiya) — dona narxi.
- Tovarda tannarx yozilmagan bo'lsa kartochkadagi blok narxi to'silmaydi: blok donasining dona narxidan arzonligi — oddiy ulgurji chegirma.
- Internetsiz sotuvni kassa dasturi oldindan to'xtatadi (tannarx kassaga kelgan bo'lsa). To'xtata olmagan bo'lsa server bunday sotuvni rad etmaydi — tovar ketgan, pul olingan.
- Kim sotgan bo'lsa ham — egasining o'zi ham — kartochkadagi blok (dona, bo'lak) narxi tannarxdan past sotilgan sotuv «Shubhali» deb belgilanadi va egaga xabar keladi (Shubhali sotuvlar).
Saqlangan buyurtmani qayta ochganda
Buyurtmada kelishilgan narx buyurtma bilan birga saqlanadi. Buyurtmani qayta ochsangiz dona narxi ham, blok narxi ham saqlangan holicha ko'rinadi va hech narsaga tegmasdan saqlasangiz jami o'zgarmaydi. Masalan, 6 talik tovarda «1 blok = 42 000» deb kelishilgan (kartochkada blok 48 000, dona 9 000) va 7 ta yozilgan bo'lsa, buyurtma qayta ochilganda ham jami 51 000 (42 000 + 9 000) bo'lib turadi.
Mahsulot kartochkasidagi narx keyin o'zgartirilsa ham, oldin yozilgan buyurtma o'z narxida qoladi. Yangi narx kerak bo'lsa — uni satrdagi narx maydoniga yozing.
Narxni o'zgartirish ruxsati yo'q xodim ham bunday buyurtmani ochib, izohini yoki boshqa qatorlarni tuzatib, kelishilgan qatorning miqdorini kamaytirib saqlay oladi: kelishilgan narxni qayta saqlash «narx o'zgartirish» hisoblanmaydi. Yangi narx yozish uchun esa ruxsat kerak.
Kartochkadan arzon kelishilgan qatorning miqdorini (yoki blok sonini) oshirish ham yangi narx qarori — kelishuv yozilgan miqdor uchun edi. Buning uchun narxni o'zgartirish ruxsati kerak, narx tannarxdan past bo'lsa — tannarxdan past sotish ruxsati ham. Ruxsat yo'q xodim «Buyurtmada narxni o'zgartirishga ruxsatingiz yo'q» xabarini ko'radi. Kartochkadan qimmat kelishilgan qatorni oshirishga ruxsat kerak emas.
Dona va bo'lak narxini o'zgartirish
Donada sotiladigan kiloli tovar (kolbasa: «1 dona = 0,5 kg — 20 000 so'm») yoki bo'laklab sotiladigan tovar (non: «1 dona = 4 bo'lak — 1 500 so'm») qatorida ham narx kelishiladi. Narx bitta dona yoki bitta bo'lak uchun yoziladi, qator jami undan hisoblanadi.
- Kassa dasturida dona yoki bo'lak qatorini (oddiy ro'yxatda — nomini) bosing: qator oynasidagi «Narxi» — bitta dona (bo'lak) narxi, ostida hisob turadi («3 dona × 18 000 = 54 000 · Chegirma −6 000»). Enter — saqlash. Oddiy ro'yxatda qatorning jamiga bossangiz ham bo'ladi: qator ostida «Bitta dona narxi:» (bo'lakda «Bir bo'lak narxi:») maydoni ochiladi, yonida «asl 20 000 so'm · 3 dona = 54 000 so'm».
- Telefonda qator ostidagi «Narx» tugmasi (yoki qator summasi) «Dona narxi» / «Bo'lak narxi» oynasini ochadi: tepada kartochkadagi narx, maydon ostida «Satr jami: 3 dona x 18 000 so'm = 54 000 so'm» va chegirma yoki ustama summasi. Buyurtmada qatorning o'zini bosasiz — oyna o'sha.
Qoidalar asosiy qatordagidek:
- narx butun so'mga yaxlitlanadi; kartochkadagi narxni qayta yozish o'zgartirish hisoblanmaydi;
- kim o'zgartira oladi va tannarx chegarasi — o'sha ruxsatlar (pastda). Chegara bitta dona (bo'lak) narxi 1 kg (1 dona) ga keltirilib tekshiriladi: kolbasa tannarxi 25 000 so'm/kg bo'lsa, 0,5 kg lik dona 12 500 so'mdan arzon bo'lmaydi. Tovarning tannarxi kiritilmagan bo'lsa dona (bo'lak) narxini kartochkadagidan arzon qilib bo'lmaydi, qimmatroq — mumkin;
- asl narx — kartochkadagi dona (bo'lak) narxi — sotuv bilan birga saqlanadi.
Narx tushirilgan bo'lsa chekda dona qatori asosiy qatordagidek asl dona narxida chiqadi: «3 dona x 20 000 60 000», ostida «Chegirma: −6 000» va «Qator jami: 54 000»; ustama — chekda haqiqiy narxda, chegirmasiz. Sotuv sahifasida (saytda, kassa dasturida, telefonda) qator ostida «Asl narx: 20 000 so'm / dona · chegirma» turadi. Foyda, qaytarish va hisobotlar kelishilgan narx bo'yicha: 18 000 dan sotilgan 2 dona qaytarilsa mijozga 36 000 qaytadi, 40 000 emas. Narxdan chetlanish narxlar tarixi dagi «Sotuvdagi chetlanishlar» ro'yxatida ham ko'rinadi. Mahsulot kartochkasidagi narx o'zgarmaydi.
Buyurtmada kelishilgan dona (bo'lak) narxi buyurtma sotuvga aylanganda o'zgarmay o'tadi — asl narxi bilan birga.
Kim narxni o'zgartira oladi
Rahbar (egasi) — doim. Xodim uchun bu beriladigan ruxsat: Xodimlar formasidagi «Narx huquqlari» bo'limida uchta katakcha bor.
| Katakcha | Nima beradi |
|---|---|
| Sotuvda narxni o'zgartirish | Savatda qator narxini o'zgartiradi — kelishilgan narx yoki ustama. Narxi qo'yilmagan tovarga kassada narx kiritish ham shu ruxsat bilan (batafsil). Tannarxdan past sotolmaydi |
| Tannarxdan past sotish | Yuqoridagining ustiga: pol olib tashlanadi (muddati yaqin, sifatsiz tovar) |
| Nasiyaga (bo'lib to'lashga) sotish | Oylik badallar grafigi bilan shartnoma tuzish. Bu narx emas, muddat huquqi — do'kon puli qachon qaytishini belgilaydi |
Uchinchisi tayyor shablonlarga kirmaydi — uni egasi qo'lda beradi. Uning katakchasi bo'lib to'lash do'kon sozlamalarida yoqilgan bo'lsagina chiziladi (Sozlamalar → do'kon sozlamalari → «Nasiya (bo'lib to'lash)»); yangi do'konda u standart holatda o'chiq. Batafsil: Nasiya — bo'lib to'lash.
Ruxsati yo'q kassirda narx maydoni umuman ochilmaydi — savatdagi jamiga bosganda hech nima chiqmaydi. Telefondagi kassada ham shunday: «Narx» tugmasi faqat shu ruxsat borlarda chiqadi.
Bilib qo'ying
«Sotuvda narxni o'zgartirish» ruxsati berilgan xodim narx terib ko'rib tovarning eng past chegarasini (tannarxga yaqin raqamni) taxminlab olishi mumkin. Chegara kassada tekshirilishi shart — aks holda internetsiz ishlab bo'lmaydi.
Chegirma chegarasi
Rahbar kassirga qancha chegirma berish mumkinligini belgilashi mumkin. Chegaradan oshirilsa tizim ruxsat bermaydi.
Bu qoida internetsiz ham ishlaydi — kassir offline holatdan foydalanib katta chegirma bera olmaydi. Bitta chekka bor: chegara va ruxsat kassaga oldindan yuboriladi. Kassa uzoq vaqt internetsiz turgan bo'lsa, u siz endigina o'zgartirgan qoidani hali bilmasligi mumkin — o'sha sotuv keyin rad etilmaydi, sotilganicha yoziladi. Lekin u «Shubhali» deb belgilanadi va sizga bildirishnoma keladi: Shubhali sotuvlar.
Narx tannarxdan past bo'lsa
Rahbarga tizim faqat ogohlantiradi — chunki bu zarariga sotish degani.
Xodimda esa bu chegara: «Tannarxdan past sotish» ruxsati berilmagan bo'lsa, past narx qabul qilinmaydi (kassada, internetsiz ham). Xabar tannarx raqamini ko'rsatmaydi.
Chegara aslida tannarx va sotuv narxining kichigi. Ya'ni muddati yaqin tovarni arzonlashtirmoqchi bo'lsangiz, eng oson yo'l — mahsulot narxini o'zgartirish: shunda chegara ham o'zi tushadi va kassir hech qanday qo'shimcha ruxsatsiz yangi narxda sotaveradi. Aksiya yoki umumiy chegirma paytida ham shunday.
Kutilmagan holat uchun (tovar nuqsonli chiqdi, mijoz kassa oldida kelishdi) ishonchli kassirga «Tannarxdan past sotish» ruxsatini berib qo'yish mumkin. Bunday kassir past narx qo'yganda tizim to'smaydi, lekin «Tan narxdan arzon sotilmoqda!» deb ogohlantiradi — tannarx raqamini ko'rsatmasdan. Bunday sotuvlar hisobotda ko'rinadi; chekda va hujjatda asl narx saqlanadi. Sotuv zararga chiqsa, egaga «Shubhali sotuv» bildirishnomasi ham keladi; Sotuvlar ro'yxatini «Sof foyda» bo'yicha kichikdan kattaga saralasangiz, bunday sotuvlar tepada turadi.
Tekshiruv kassaning o'zida bo'ladi: avval narx kiritilayotganda, so'ng sotuvni yakunlash tugmasi bosilganda yana bir marta. Ruxsatsiz past narx bilan sotuvni yakunlab bo'lmaydi — internet bor-yo'qligidan qat'i nazar. Ya'ni mijoz ketib bo'lganidan so'ng "sotuv o'tmadi" degan holat chiqmaydi.
Chegara kassaga tovar bilan birga boradi. Shuning uchun kassa oflayn turgan paytda siz saytda narxni o'zgartirsangiz, kassa hali eski chegara bilan ishlaydi. Bunday sotuv serverga kelganda rad etilmaydi — sotilganicha yoziladi (tovar chiqib bo'lgan, pul olingan, chek mijozda). Uni narxlar tarixi dagi «Sotuvdagi chetlanishlar» ro'yxatidan ko'rasiz.
Chegirma foydaga qanday ta'sir qiladi
Chegirma foydadan chiqadi, tannarxdan emas. Ya'ni:
Foyda = (Sotilgan narx − Chegirma) − Tannarx
Shuning uchun ko'p chegirma bergan kunda savdo katta, foyda kichik ko'rinishi mumkin. Buni foyda hisoboti da ko'rish mumkin.